This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024
🥊 Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiada chempioni!!!
🥇 O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 8 taga yetdi!
🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024
🥊 Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi
📍 Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.
🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#ISO
🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO - International Standards Olympiad)da ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yetib bordi.
⚡️ Xalqaro standartlar olimpiadasida oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etmoqda.
📝 Yurtimiz sharafini himoya qiladigan oʻquvchilar bilan tanishing:
✅ Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
✅ Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
✅ Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi.
🗣 Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ISO
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_2024
#kutib_olish
⚡️ TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.
Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kutib_olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.
Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#OAV_biz_haqimizda
Poytaxt | Sport maktablariga hujjatlar qabuli
#toshkent
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
Poytaxt | Sport maktablariga hujjatlar qabuli
#toshkent
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali
🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.
Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.
Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.
Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda 2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.
“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.