Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.52K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 18 ta medal bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

Informatika (IT mutaxassis) fani oʻqituvchisi;
Matematika fani oʻqituvchisi;
Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili) mutaxassisi;
Texnologiya (informatika, robototexnika) fani oʻqituvchisi;
San'at (tasviriy san'at, chizmachilik, musiqa) fani oʻqituvchisi;
Geografiya fani oʻqituvchisi;
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi;
Musiqa fani oʻqituvchisi;
Toʻgarak rahbari (veb-dizayn, kompyuter grafikasi, jurnalistika);
Laborant (kimyo, biologiya, fizika);
Kutubxona ishi mutaxassisi;
Tarbiyachi-pedagog (ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix).

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzil va telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:

📞911245210
📞916660022

📍Manzil: Margʻilon shahar, Turkiston koʻchasi, 138-uy.
📌Mo‘ljal: sobiq “Atlaschi” stadioni.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM