Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.5K subscribers
17.6K photos
2.28K videos
70 files
6.57K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#imtihon_2024

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari hududlarga masʼul etib belgilangan Agentlik xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi!

Unda:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari;

2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi.

✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Malika Xojamuratova “ICT4Girls” qizlar olimpiadasida gʻolib boʻlgan edi.

Shu munosabat bilan oʻquvchimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva tomonidan hurmat yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, endilikda Malika Xojamuratova Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro IT qizlar olimpiadasida ishtirok etadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:

Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi

Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati

Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari

Oʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari

O‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlari

O‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школы

O‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi

UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi

UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati

UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati

UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi

UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda

UzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Qaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp ótti

Samarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda

Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari

Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi

Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы

Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari

Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Toshkent | Первый этап экзаменов пройден

Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari

Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati

Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal