Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 134 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada

⚡️O'zbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog'istonga yo'l oldi.

📆Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida tashkil etilayotgan 35-Xalqaro biologiya olimpiadasida dunyoning 80 ta davlatidan 320 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

🇺🇿 Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:

Ahtamova Mehrangiz Anvar qizi   Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi;
Yoqubjonov Abdurahmon Tohirjon o‘g‘li — Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi;
Qurbonboyev Sardor Sunnatilla o‘g‘li — Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi;
Amirqulov Rahmatilla Shokir o‘g‘li — Jizzax viloyati, Jizzax shahar JizDPU AL  11-sinf o'quvchisi.

💫 Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo'lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma.

🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi.

🗺 Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 08:00, 12:00, 17:00da bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar.

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:


taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM