#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabining 4 nafar oʻquvchisi VIII Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasiga yoʻllanma oldi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida xorijlik va mahalliy pedagoglar oʻzaro tajriba almashdi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchilaridan iborat jamoa ingliz tilidagi "Zakovat" intellektual oʻyinida gʻolib boʻldi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bank muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o’qituvchisi Valijon Mamajonov Fransiyaga bir oylik taʼlim sayohati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
⏺Ibroyim Yusupov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida “Zamin Creative” loyihasi doirasida hisobot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
⏺Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablarida o‘qituvchilar uchun OTM professorlarining mahorat darslari tashkil etildi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quv yili yakuni bo‘yicha ijodiy imtihon o‘tkazildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Hacknovation –2024" oliy sovrinini qo’lga kiritdi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar bitiruvchisi Sibir federal universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
⏺Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev xalqaro tanlovda g‘olib boʻldi.
⏺Bekobod, Shahrisabz shaharlari, Olmazor, Hazorasp, Yangiariq, Qorovulbozor, Shofirkon, Vobkent, Doʻstlik , Zomin , Forish, Chinoz, Quyi Chirchiq, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, Toshloq, Qoʻshtepa tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Toshloq, Furqat tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotda qatnashdi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fuqaro muhofazasi yoʻnalishida oʻquv taktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.
Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.
Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.
-
Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.
Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.
Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Ijod_maktablari
⚡️ Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ham “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Unda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.
Ushbu tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyat va shahar hokimlari, Yozuvchilar uyushmasining hududiy rahbarlari, shoir va yozuvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📶 Quyidagi havolalar orqali tadbirlar haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi