Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.9K subscribers
19.9K photos
2.54K videos
72 files
7.29K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:


2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 26-may
Soat 09:00 dan 15:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Do’rmon Yo’li ko’chasi, 31-B
(Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi)

Maʼlumot uchun:

+998 71 207-99-98

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@tashkentps_event_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Qarshi shahridagi Prezident maktabining 4 nafar oʻquvchisi VIII Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasiga yoʻllanma oldi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida xorijlik va mahalliy pedagoglar oʻzaro
tajriba almashdi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchilaridan iborat jamoa ingliz tilidagi "Zakovat" intellektual oʻyinida
gʻolib boʻldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bank muassasalari faoliyati bilan
tanishdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o’qituvchisi Valijon Mamajonov Fransiyaga bir oylik taʼlim sayohati yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Ibroyim Yusupov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida “Zamin Creative” loyihasi doirasida hisobot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablarida o‘qituvchilar uchun OTM professorlarining mahorat darslari tashkil etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quv yili yakuni bo‘yicha ijodiy imtihon
o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Hacknovation –2024" oliy sovrinini
qo’lga kiritdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar bitiruvchisi Sibir federal universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga
qabul qilindi.

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev xalqaro tanlovda
g‘olib boʻldi.

Bekobod, Shahrisabz shaharlari, Olmazor, Hazorasp, Yangiariq, Qorovulbozor, Shofirkon, Vobkent, Doʻstlik , Zomin , Forish, Chinoz, Quyi Chirchiq, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, Toshloq, Qoʻshtepa tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Toshloq, Furqat tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotda qatnashdi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fuqaro muhofazasi yoʻnalishida oʻquv taktik mashgʻulot
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.

Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.

Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.

-

Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.

Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.

Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM