Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.4K subscribers
18.6K photos
2.38K videos
70 files
6.84K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:


2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 26-may
Soat 09:00 dan 15:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Do’rmon Yo’li ko’chasi, 31-B
(Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi)

Maʼlumot uchun:

+998 71 207-99-98

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@tashkentps_event_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM