Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Brifing_Qabul_2024
#Live

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
soat 11:00 dan 14:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2

Murojaat uchun:

+99895 479-20-80

➡️Video lavha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#IJod_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 Joriy yil may oyining har shanbasi
10:00 dan 16:00 gacha
🗺 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil


Aʼzo boʻling:
🚀 https://t.iss.one/jangirov_j

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan "Mehr-muruvvat va saxovat-insonni ulug‘laydi" shiori ostida koʻngillilar harakati yoʻlga qoʻyildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida yugurish marafoni
o‘tkazildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Bola huquqi himoyasida birgamiz" mavzusida psixologik trening mashg’uloti
boʻlib oʻtdi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari yuqori natijalar bilan IELTS sertifikatiga ega bo’ldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida
g‘olib bo‘ldi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xonadonda elektr zanjiri" mavzusida taqdimot
oʻtkazildi.

Nurota, Qoʻshkoʻpir tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida harbiy- sport musobaqalari tashkil etildi.

Baxmal, Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari “Yangi O’zbekiston”, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Islomjon Abdug'aniyev Informatika olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat terma jamoasi tarkibidan
joy oldi.

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari IMAS xalqaro matematika musobaqasida
g’olib bo’ldi.

Olot tuman ixtisoslashgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Dilshod Jumamurodov Buxoro davlat universiteti olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritib, grant asosida muddatidan oldin
talaba bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Nigora Abdulazizova Xitoyning Malayziyadagi Xiamen universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.

Bugungacha oʻquvchimiz xorijiy oliygohlardan yutgan jami grantlar miqdori 688.000 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Nigora Abdulazizova MUN (Model of United Nation) ishtirokchisi, IELTSdan 7.5 ballik natijaga ega.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV


AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_fan_olimpiadasi
#10_11_may

⚡️STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi barcha hududlarda yakunlandi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi shu yilning 23-24-fevral kunlari o’tkazilgan edi.

Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi. Gʻolib va sovrindorlar joriy oʻquv yilining yakunida tantanali tarzda taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube