Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.6K subscribers
17.5K photos
2.27K videos
70 files
6.55K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#prezident_maktablari
#bilimlar_kuni

🤩 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda faxriy mehmonlar soʻzga chiqib, boshlangan yangi oʻquv yili bilan oʻquvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod etdi.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_bunyodkorlari
#Prezident_maktabi

🤩 PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHILARI – KELAJAK BUNYODKORLARI

▶️ Batafsil videorolikda. Oʻquvchimizning ota-onasining farzandini kelajak bunyodkori qilish yoʻlidagi mehnat va mashaqqatlarini tinglab koʻzingizga yosh keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

Tadbir doirasida Prezident maktabi oʻquvchilari Namangan garnizonidagi harbiy qismda kutib olindi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oʻquvchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Qurol-aslahalar va vositalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida boʻldi. Bu yerda yoshlar amaliy mashgʻulotlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#harbiy_vatanparvarlik

🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarining Milliy gvardiya hududiy qo‘riqlash boshqarmalariga tashriflarini tizimli amalga oshirish mexanizmi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan o‘tkaziladigan tabdirlar hamda mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Mehmon maktabda harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, taʼlim maskani oʻquv jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_bunyodkorlari
#Prezident_maktabi

⚡️PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHILARI – KELAJAK BUNYODKORLARI

▶️ Batafsil videorolikda. Oʻquvchimizning ota-onasining farzandini kelajak bunyodkori qilish yoʻlidagi mehnat va mashaqqatlarini tinglab koʻzingizga yosh keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#AQSH
#Fulbright

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Muborak Hazratqulova AQShda amaliyot oʻtamoqda.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qilgan edi.

Muborak Hazratqulova ham ushbu dasturda ishtirok etib, ayni vaqtda AQSHning Kolorado shtatida Shimoliy Kolorado Universitetida malaka oshirish kursida qatnashmoqda va Amerika maktablarida tajriba almashmoqda.

Mazkur dastur doirasida oʻzbek madaniyati va anʼanalari amerikalik maktab oʻquvchilariga tanishtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_va_yoshlar
#Prezident_maktabi

OʻQUVCHILARIMIZ ADLIYA VAZIRI BILAN UCHRASHDI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda A.Toshqulov oʻquvchilarimiz Vatan ravnaqi uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar adliya sohasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_dars
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchilari “Money and how to spend it” mavzusini amaliy oʻrganishlari uchun sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars jarayonlari Namangan shahridagi savdo markazlaridan biri – Sardoba bozorida olib borildi. Oʻquvchilar mahsulot xarid qilish, savdolashishga oid inglizcha soʻzlar va iboralarni amalda sinab koʻrdilar.

Shu bilan birga sinflar kichik guruhlarga boʻlingan holda pulni toʻgʻri va oʻrinli sarflash, jamoada hamkorlikda ishlash, muomala madaniyati va mehnat tarbiyasi kabi koʻnikmalarni oʻzlashtirdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM