Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Qoraoʻzak_tumani
#Hokim_kubogi

⚡️Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida STEM fanlari boʻyicha "Hokim kubogi" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur olimpiadada tumandagi barcha umumta'lim maktablarining 4-sinf (ingliz tili, matematika fanlari boʻyicha) va 6-sinf (ingliz tili, tabiiy fanlar boʻyicha) oʻquvchilari qatnashdi.

Olimpiada doirasida ishtirokchilar Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat koʻrsatayotgan robototexnika va kibersport toʻgaraklari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ixtiro qilingan texnikalar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university

⚡️ DUNYONING 1-RAQAMLI OLIYGOHI – MASSACHUSETTS TEXNOLOGIYA INSTITUTI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN MAHORAT DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha OTM rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

Unda taʻlim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik oʻqitish metodikalari, mustaqil taʼlimni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida oʻz tajribangizni oshirishingiz mumkin.

Mahorat darsida ishtirok etgan ishtirokchilarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtish tasdiqlangani haqida xabar yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#yashil_maktab

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida koʻkalamzorlashtirish aksiyasi tashkil etildi.

🌲Tadbirda oʻquvchilar ustozlari boshchiligida maktab hududiga 100 dan ziyod daraxt koʻchatlarini oʻtkazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#ijodiy_olimpiada
#1_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube