Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Harbiy_vatanparlik

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yigitlari ta'lim muassasasi ChQBT rahbari Sh.Rahmonov boshchiligida Navoiy shahar, "Sputnik" qo’rgʻonidagi harbiy qismdagi oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotda ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to’gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan shu kabi amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari To‘maris Orazbaeva, Gulnur Urgenchbaeva va Madina Primbetova AQSH oliygohlarida tahsil olish  imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dastur davomida ishtirokchilar universitetlarga qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishib, onlayn tarzda universitetlar kampuslariga sayohat qiladi va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kurslar AQSh universitetlari tomonidan olib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Uch_avlod_uchrashuvi

9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi.

Tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bolimi, viloyat "Nuroniylar" jamgʻarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Milliy gvardiya, Harbiy faxriylar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh avlod kamoloti, ta’lim-tarbiyasi yoʻlida jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Uchrashuv doirasida harbiy soha faxriylari va oʻquvchilari ishtirokida ramziy koʻchat ekish marosimi, turli koʻrgazmalar, sport musobaqalari oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Treasure Hunt in Science” musobaqasi o‘tkazildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi matematika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 22-aprel – Butunjahon Yer kuniga bagʻishlangan rolik
tayyorladi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijodiy ishlar tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududdagi biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar
oʻtkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari
tashkil qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi doirasida adabiy tadbir
o‘tkazildi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar"
kuni o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedralarining filiallari
tashkil etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik
yoʻlga qoʻyildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi
bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Bogʻot, Xonqa, Zomin tumanlari va Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Yangiariq tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari va Forish tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari IELTS sertifikatlariga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube