Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Diyorbek Jo’raboyev jahonda TOP-20ga kirgan, AQShda 9-o’rinda turuvchi Northwestern universitetining Dohadagi kampusiga 100 foizlik grant asosida o’qishga qabul qilindi.

Diyorbek, shuningdek, IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritgan boʻlib, "Zamonaviy ta'lim bolalar nigohida — Z avlod" forumi spikeri, “Maktab PR klubi” sardori, “Hammabop oʻzbek tili" ijtimoiy loyihasi ishtirokchisi va maktab voleybol klubi sardori hamdir.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
bo’lib o’tdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagoglar uchun kasbiy rivojlanish seminar-treningi
tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari
Sirdaryo viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashgʻulotlarida
qatnashdi.

Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Yangiariq, Bandixon, Boyovut, Quyi Chirchiq, Sharof Rashidov, Uchqoʻrgʻon, Toʻraqoʻrgʻon, Chinoz, Dehqonobod tumanlari, Bekobod, Fargʻona shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-oʻqituvchilar bilan sohaviy hamkorlik boʻyicha muloqot
tashkil etildi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida televideniye mutaxassisi ishtirokida mahorat darsi
oʻtkazildi.

Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va mahalliy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" aksiyasi
boʻlib oʻtdi.

Moʻynoq, G‘allaorol tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Zomin, Kitob tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida, soha vakillari ishtirokida profilaktik tadbir
uyushtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

WOOSONG UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Koreya Respublikasining Woosong universiteti Xalqaro fakultetlar ijrochi direktori Yu Tek Li, Raqamli kampus dasturi bosh menejeri Seung Jun Li bilan uchrashuv tashkil etildi.

Agentlik hamda Woosong universiteti vakillari oʻrtasidagi muloqotda mamlakatlarimizning koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.

Xususan, Agentlik va Koreya taʼlim markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Tizimdagi maktablarning koʻplab bitiruvchilari Koreya Respublikasidagi nufuzli oliygohlarda tahsil olib kelmoqda.

Uchrashuvda Woosong universiteti vakillariga Agentlik faoliyati, tizimdagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquv jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik asosida Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini to‘liq grant asosida Woosong universitetida tahsil olishiga shart-sharoitlar yaratish, o’qituvchilarga moʻljallangan gibrid tizimidagi PhD va magistratura bo’yicha loyihalarni amalga oshirish va grantlar taklif etish, informatika va robototexnika fanlari o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM