Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.2K subscribers
18.7K photos
2.38K videos
70 files
6.87K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.

💫 Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.

Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinatAJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMKAJ, “Navoiy KMK” AJO‘zcharmsanoatAJ, “O‘zkimyosanoatAJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

🏭 Tadbirda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham qatnashdi.

🛄 Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

Myunxen texnika universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi


💫"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi davomida Myunxen texnik universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturini kengaytirish muhokama qilindi.

☑️ Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti professorlarini "Yangi O'zbekiston" universitetiga jalb qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi.

➡️Dunyo reytingida 30-o'rinda turuvchi nemis universiteti bilan hamkorlik universitetimizda sifatli ta'lim va yuqori natijalarni ta'minlaydi.

#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

⚡️DIQQAT TANLOV

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Ijodiy tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

- 6-sinflar o‘rtasida shoir she’rlarida ishtirok etgan detallar asosida ijodiy matn tuzish,
- 7-sinflar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar tanlovi,
- 8-sinflar o‘rtasida shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy esse yaratish,
- 9-sinflar o‘rtasida shoir she’rlari asosida bahr-u bayt.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 15-20 aprel kunlari tuman va shahar bosqichlari, 25-aprel kuni viloyat bosqichi o‘tkaziladi.

G‘olib deb topilgan o‘quvchilar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbirida taqdirlanadi.

Murojaat uchun telefon
+998934433385

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
#Memorandum_Ingolshtadt

⚡️Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, anglashinuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda ikkala universitet oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatishga kelishib olindi.

Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti Bavariyadagi eng ilgʻor universitetlardan hisoblanib, avtomobilsozlik sanoati bilan yaqin aloqalarga ega.

Kelishuvga koʻra "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube