Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.53K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qo'yildi

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Unda "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi.

Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.

#Mirziyoyev #yangi_kampus

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Iqboljon Anvarjonov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Toshkent hududida qurilish ishlari boshlab berilgan “Yangi O‘zbekiston” universitetining zamonaviy kampusi mazkur ko‘rinishda bo‘ladi.

#Mirziyoyev #yangi_kampus

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sohibqiron_tavalludining_688_yilligi

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik, jasurlik, birdamlik, mardona ajdodlar ruhiga hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Kuch – adolatdadir" shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Chavandozlik, kamondan oʻq uzish, arqon tortish, tosh koʻtarish, uzunlikka sakrash, shaxmat kabi bir necha sport oʻyinlarida oʻquvchilar oʻzlarining chapdastligi, mohirligi, merganlik qobiliyati hamda ajdodlarga xos matonatlarini namoyon etdi.

Ayniqsa bir qator oʻquvchilarning zabardast sohibqiron bobokalonimiz hamda uning sipohlari siymolarida ishtiroki tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Agentlik tizimidagi barcha taʼlim muassasalarida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan shu kabi sport, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube