Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

❗️5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.

Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.

Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,

Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag’ishlangan taqdimot,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.

Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!

⚡️Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Buxoro_shahri

🗺 Buxoro shahridagi Prezident maktabida viloyat Direktorlar kengashi tomonidan "Ta’lim sifat-samaradorligini oshirish – bosh maqsadimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar avvalida Kengash raisi, Prezident maktabi direktori F.Navro‘zov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i G‘.Muqumov mazkur tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Ibroyım Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Teatr – ibratxonadir” teatr festivali ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Tarix arenasi” intellektual oʻyini
boʻlib oʻtdi.

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Islohotlarga daxldorman" shiori ostida davra suhbati
tashkil qilindi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual shou" oʻtkazildi.

Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Andijon davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Boburbek Rajabov hamda Pastdarg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nurjaxon Rustamov AQShning nufuzli universitetlari grantlarini qoʻlga kiritdi.

Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat"ning navbatdagi tur o‘yinlari
o‘tkazildi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Samarali dars” loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar
boʻlib oʻtdi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish va fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida burchak
tashkil etildi.

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari
oʻtkazildi.

Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan biriktirilgan trenerlar ishtirokida yangi baholash tizimi mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminarlari tashkil etildi.

Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun "Ombudsman soati" o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_shahri

🗺 Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM