Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening

📍Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashi (American Councils for International Education) tomonidan amalga oshirilgan "English Speking Nation Secondary Teacher Training" dasturi doirasida shu yilning 25-28-mart kunlari "Community of Practice" (CoP) treningi bo’lib o’tdi.

✔️ Ma’lumot uchun, darslar Xalqaro TESOL assotsiatsiyasi tomonidan "The 6 Principles of Exemplary Teaching of English Learners" va George Mason Universitetining "Teaching English Through English" kurslari asosida tuzilgan bo’lib, ingliz tili fani o’qituvchilari uchun professional malaka oshirish kurslari hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har biringizda noyob isteʼdod, o‘ziga xos qobiliyat borki, ular dunyoni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, erishgan yutuqlaringizda to‘xtab qolmay, faqat olg‘a qadam bosing, ijod qiling, boshqalarni ham ilhomlantiring!

Qatʼiyatingiz, azm-u qaroringiz uchun tashakkur aytaman!

-

Ваш труд и достижения в мире технологий не только вдохновляют, но и демонстрируют, что мир IT может быть местом для всех, независимо от пола.

Спасибо за ваше стремление и решимость!
#Avtomobilsiz_kun

AGENTLIK XODIMLARI “AVTOMOBILSIZ KUN” TADBIRIDA FAOL QATNASHDI

Mazkur tadbirningning asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xodimlari “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashib, ishga jamoat transportlarida, velosipedda, piyoda kelishdi. Ish vaqti tugab, uyga ketishda ham avtomobillardan foydalanmaslik rejalashtirilgan.

Barchani “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashishga chaqirib qolamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Shu yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ilmiy-amaliy treninglar haftaligi bo‘lib o‘tdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Xoʻjayli_tumani

🗺 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, Xalqaro baholash (PISA), formativ va summativ baholash, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM