Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.5K subscribers
18K photos
2.32K videos
70 files
6.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Vatan_tayanchi
#Harbiy_vatanparvarlik

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Mudofaa vazirligi tomonidan ta'sis etilgan "Vatan tayanchiʼʼ koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Faxriy mehmonlar Prezident maktabining ta’lim va tarbiyada namuna ko‘rsatayotgan bir guruh o‘quvchilariga Mudofaa vazirligining "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirdi.

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrugining bayroqdor va harbiy orkestr guruhlarining jangovar musiqa va qo‘shiqlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube