Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.7K subscribers
17.5K photos
2.27K videos
70 files
6.54K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Zulfiya_izdoshlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan 28 nafar nomzod taqdirlangan edi.

Bugun Xorazm viloyati hokimligida ushbu Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Zulfiya Shomurotova hamda O’zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch filiali talabasi Risolat Sapayeva bilan bir guruh yoshlar ishtirokida uchrashuv marosimi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari - Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova va viloyat hokimi Jo’rabek Rahimov taqdirlangan qizlarni, ularning ota-onalari, ustozlarini bu yuksak e'tirof bilan samimiy qutlab, mukofotlarni o’z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

ABDULLA ORIPOV TUGʻILIB OʻSGAN GOʻSHALARGA SAYOHAT

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ustozlari boshchiligida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

Atoqli shoir tavalludining 83 yilligi oldidan va adabiyot haftaligi doirasida tashkil etilgan sayohat Qarshi shahrida Abdulla Oripov yashagan uydan boshlandi. Shundan soʻng Koson tumani "Nekoʻz" qishlogʻida joylashgan 44-umumtaʼlim maktabiga borildi. Ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov tahsil olgan ushbu taʻlim maskani va undagi muzeyda shoir hayoti va ijodi haqida soʻzlovchi eksponatlar bilan tanishdi.

“Nekoʻz” moʼjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan maskan. Qoʻngʻirtov etagida joylashgan soʻlim qishloq sayohatchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Norin_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 489 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 48 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
41 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
Kutubxona;
250 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Oshxona.

Jami 38 ta fan, 4 ta sport, 2 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Ogahiy nomidagi ijod maktabining ayol oʻqituvchilari jamoasi “Zakovat” klubi “Ayollar ligasi”ning 4-tur oʻyinlarida gʻolib boʻldi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tanlovi
oʻtkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” oʻyinining navbatdagi mavsumi
boshlandi.

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Jadadchilik – yangi uygʻonish asosi” mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

Chinoz tumani va Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Milliy liboslar" festivali
oʻtkazildi.

Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi
tashkil etildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish mashg‘uloti
o‘tkazildi.

Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Shohida Aripova "Mo'tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan
taqdirlandi.

Sherobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Maxtumquli ijodiga bagʻshlangan davra suhbati
o‘tkazildi.

Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "Lochin" jamoasi "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining hududuy bosqichida goʻlib
boʻldi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining viloyat bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Navroʻz sayli
tashkil qilindi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Al-Xorazmiy shaxmat ligasi"ning tur oʻyinlari
boʻlib oʻtdi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida mini futbol boʻyicha musobaqa
tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish" mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

Tuproqqal'a hamda Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafoni g’olibi bo’ldi.

Islom Boyqobilov Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija koʻrsatdi va gʻolib sifatida Londonga bir haftalik bepul taʼlim sayohati yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Agentligimiz tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

📝 Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn;
Raqamli dizayn;
Startup loyihalar;
Grafik dizayn.

📝 Onlayn yo'nalishlar:
Python;
Sun'iy intellekt (AI);
Frontend (React.js);
Web dizayn;
Back-end (.Net);
Back-end (Go);
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉 Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.