Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.9K subscribers
18.3K photos
2.35K videos
70 files
6.77K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#faxr

“Qo‘qon olimpiadasi”ning respublika bosqichida Agentlik tasarrufidagi maktablarning 3 nafar o'quvchisi g'olib bo'ldi.

⚡️5, 6, 7-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Sunnatov Asilbek G'ofurjon o'g'li (Toshkent, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi)
2-o‘rin- Axtamov Ozodbek To'lqinovich (Toshkent, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi )
3-o‘rin- Kamolov Abdurashid O'tkirjonovich (Buxoro, Xalqaro matematika maktabi).

⚡️8, 9-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich (Buxoro, Xalqaro matematika maktabi)
2-o‘rin- Qodirov To'ymurod Suxrob o'g'li (Buxoro, Xalqaro matematika maktabi)
3-o‘rin- Xolelov Suxrob Umarovich (Navoiy shahar fizika matematika va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internati).

⚡️10, 11-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Soporboev Sarvar (Xiva shahridagi Prezident maktabi)
2-o‘rin- Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li (Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 23-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi)
3-o‘rin- Keldiyarov Fatxulla Xayrulla o'g`li (Toshkent, O'zbekiston milliy universiteti akademik litseyi).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga

Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan
"O’zbekiston 24" telekanalining "Cтудия 24" ko’rsatuvida Abdulla Oripov madaniy merosini keng targ’ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritildi.

⬇️ Биз ижтимоий тармоқларда:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#taqdimot_fotojamlanma

“Qo‘qon olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimidan fotojamlanma.

Eslatib o'tamiz, olimpiadada Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarning 3 nafar o'quvchisi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Barcha g'olib o‘quvchilarni muborakbod etamiz!

⬇️ Биз ижтимоий тармоқларда:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#bellashuv

Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabida Prezident maktabi, Al-Xorazmiy va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashgan maktab-internatlari o'quvchilari o'rtasida Lego Sumo Robot musoboqasi o'tkazildi.
Musoboqada MUIMI jamoasi 1-o'rinni egalladi.

▶️ Биз ижтимоий тармоқларда:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
O‘n kun avval qizi «Zulfiya» mukofotini olgan oilaning kenja farzandi «Qo‘qon olimpiadasi»da «Nexia- 3» bilan taqdirlandi.

"Xalq so‘zi" saytida «Qo‘qon olimpiadasi» g‘olibi, Al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchisi haqidagi maqolani o'qishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, G‘ofurjon Sunnatov oilasining qizi, Toshkent davlat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Madina Sunnatova o‘n kun oldin Prezidentimiz farmoniga binoan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo'lgan edi...

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bolalar_ijodi

Abdulla Oripovga

Shoir sevgan yurtda gulladi o‘rik,
Yana ko‘klam keldi izlab tengini.
Gar yurak gullasa kurtak gullasa,
Bahor deb o‘yladi shoir sevgini.

Yana bahor keldi, dillarga tutash,
Maysalar jon oldi o‘tli mexrdan.
Bir sevgi bahordan yaralmadi, lek,
Bahorlar yaraldi bitta sevgidan.

Yana ko‘klam keldi, yosharmoq fasli,
Har yeri gulladi moviy samoning.
Bir asr ilgari go‘zal bahorda,
Shoiri tug‘ilgan Qashqadaryoning.

Yana bahor keldi, gul ochdi yurak,
Gulladi muhabbat, gulladi zamin.
Qani ayt, navbahor qandayin sevmay,
Bahori shunchalik go‘zal vatanning.

Yana chiroy keldi,birdayin tortiq,
Sel bo‘ldi shabnamlar,sel bo‘ldi chaman.
Ko‘klamdan yaralgan bir shoir sabab,
Bahor boshlanmoqda Qashqadaryodan.


✍️Sevara Jamoliddinova,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11 - sinf o'quvchisi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
▶️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida 11-sinflar uchun Cambridge Assessment tomonidan tashkillashtirilgan Mock Exam jarayonlari boshlandi. Imtihon hafta davomida bo‘lib o‘tadi va o‘quvchilarning STEM fanlaridan egallagan bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
-
▶️The MOCK Exam for 11th grades, organized by the Cambridge Assessment, began at the Presidential School in Khiva. The exam takes place during the week and tests students’ knowledge of STEM subjects.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube