#Harbiy_vatanparlik
HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Bandixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Agentlik tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 268 nafar o‘quvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar malakali pedagog ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.
Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda:
➖21 ta sinf xonasi;
➖2 ta laboratoriya xonasi;
➖1 ta informatika xonasi;
➖robototexnika xonasi;
mavjud.
Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

#Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zilola Rahmatullayeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
✅ Listening – 8.5
✅ Reading – 9
✅ Writing – 7.0
✅ Speaking – 6.5
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida koʻngilochar sport oʻyinlari oʻtkazildi.
⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari CEFR imtihonidan yuqori ballarni qo‘lga kiritdi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Fizika muzeyi” loyihasi boʻyicha bellashdi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʻqituvchisi Moises Almarez matematika fanini oʻqitishda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Nurboy Jabborov mahorat darsi tashkil etildi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston xalq shoiri, “Jadidlar” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
⏺Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahrizoda Xoliqova Kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoʻlib boʻlib, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Andijon shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat" turniri boʻlib oʻtdi.
⏺Jondor, Qorovulbozor, Muzrabot, Boʻstonliq, Quyi Chirchiq tumanlari va Andijon, Shirin, Guliston, Jizzax, Bekobod shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli qizlar” bellashuvi oʻtkazildi.
⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ekologiya mavzusida videoroliklar tayyorladi.
⏺Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Murodov xalqaro taʻlim grantiga sazovor boʻldi.
⏺Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.
⏺Pastdargʻom tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarini tayyorlash markazi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
⏺Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qonunchilik sohasiga bagʻishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

#sinov_imtihonlari
⚡️ PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI UCHUN SINOV IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA
📶 Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining bitiruvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonlari oʻtkazilmoqda.
📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
📆 Mazkur sinov imtihonlari 16-martgacha davom etadi.
#Assessment_week #AS_A_Level_MOCK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Assessment_week #AS_A_Level_MOCK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#birinchi_kun
#Surxondaryo
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan bugun Uzun, Sariosiyo, Denov 2-son hamda Sho’rchi tumanlaridagi ixtisoslashtirlgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.