Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Harbiy_vatanparlik

HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Bandixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Agentlik tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 268 nafar o‘quvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar malakali pedagog ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.


Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda:
21 ta sinf xonasi;
2 ta laboratoriya xonasi;
1 ta informatika xonasi;
robototexnika xonasi;
mavjud.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zilola Rahmatullayeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Listening – 8.5
Reading – 9
Writing – 7.0
Speaking – 6.5

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida koʻngilochar sport oʻyinlari oʻtkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari CEFR imtihonidan yuqori ballarni
qo‘lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Fizika muzeyi” loyihasi boʻyicha bellashdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʻqituvchisi Moises Almarez matematika fanini oʻqitishda oʻz tajribasi bilan
oʻrtoqlashdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Nurboy Jabborov mahorat darsi
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston xalq shoiri, “Jadidlar” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo ishtirokida mahorat darsi
oʻtkazildi.

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahrizoda Xoliqova Kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoʻlib boʻlib, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat" turniri
boʻlib oʻtdi.

Jondor, Qorovulbozor, Muzrabot, Boʻstonliq, Quyi Chirchiq tumanlari va Andijon, Shirin, Guliston, Jizzax, Bekobod shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli qizlar” bellashuvi
oʻtkazildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ekologiya mavzusida videoroliklar
tayyorladi.

Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Murodov xalqaro taʻlim grantiga
sazovor boʻldi.

Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mini-futbol musobaqasi
oʻtkazildi.

Pastdargʻom tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarini tayyorlash markazi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik tadbiri
tashkil etildi.

Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qonunchilik sohasiga bagʻishlangan davra suhbati
o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sinov_imtihonlari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI UCHUN SINOV IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

📶 Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining bitiruvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonlari oʻtkazilmoqda.

📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.

📆 Mazkur sinov imtihonlari 16-martgacha davom etadi.

#Assessment_week #AS_A_Level_MOCK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM