Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.3K subscribers
17.7K photos
2.28K videos
70 files
6.58K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

📺Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan viloyat seminari tashkil etildi – Namangan MTRK, “Diyor yangiliklari”

📺Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Nafosat gulshani" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildiNamangan MTRK, “Diyor yangiliklari”

📺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandiSirdaryo MTRK, “Diyor yangiliklari”

📺Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ozodbek Mahammadiyev xalqaro taʼlim granti sohibi boʻldi – Renessans TV, "Ovoza" dasturi

📺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining dastlabki bosqichi oʻtkazildi – Qashqadaryo MTRK, “Qashqadaryo axboroti” dasturi

📺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shukrona Alijonova haqida telehikoya – Andijon MTRK, “Isʼtedod” koʼrsatuvi

📺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Aziz va muqaddassan, ayol” bayram tadbiri tashkil etildi – Nurafshon TV, “Haftada yoshlar” dasturi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Narpay_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Ta’lim maskani 330  o‘quvchini oz bagriga olib, ularga 36 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
33 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya  laboratoriya xonalari;
Kutubxona;
150 o'rinli faollar zali;
Sport zal;
Yozgi sport maydoni;
Oshxona.

Jami 24 ta fan, 3 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Botanika bog’iga sayohat qildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Eco-school” a’zolari ko‘kalamzorlashtirishga
hissa qoʻshdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga bagʻishlangan davra suhbati
tashkil etildi.

Abdulla Oripov nomidagi
ijod maktabi, Zomin, Paxtakor, Gʻallaorol, Boyovut, Vobkent, G‘ijduvon, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Guliston, Kogon, Shirin shaharlari ixtisoslashtitlgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari ingliz tili boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi xalqaro tanlovning hududiy bosqichida muvaffaqqiyatli
ishtirok etdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning maktab bosqichi
oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiyning "Xamsa" dostoni yuzasidan ijodiy suhbat
tashkil etildi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ijtimoiy so‘rovnoma
oʻtkazdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Eng yaxshi qush uyasi" tanlovi doirasida tabiatga gʻamxoʻrlik
qilindi.

Guliston, Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va oliy taʻlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi sinf oʻquvchilari 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari formatidagi navbatdagi aprobatsion test
topshirdi.

Yangiariq, Kattaqoʻrgʻon tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro taʻlim grantini qoʻlga kiritdi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tilida matematika musobaqasi
tashkil etildi.

Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Aynura Erejepbaeva Sochida boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar festivalida
qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Harbiy_vatanparlik

HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube