Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Science Fair” koʻrgazmasi tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Milliy qadriyatlar va milliy gʻurur kuni" oʻtkazildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Bahor sayllari" oʻtkazildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida shoir Gʻayrat Majid bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi "Bala chak-2024" xalqaro festivalida gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida onalar yig‘ilishi oʻtkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi Vahob Rahmon mahorat darsi oʻtkazildi.

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Samarqandga sayohat qildi.

Zomin tuman hamda Kogon va Guliston shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari nufuzli xalqaro universitetlar grantiga sazovor boʻldi.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Zakovat turniri boʻlib oʻtdi.

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob marafoni oʻtkazildi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda insholar tanlovi tashkil etildi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Mening kelajakdagi maqsadim" nomli videorolik tayyorladi.

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Qizlarjon" tanlovi oʻtkazildi.

Angor, Bandixon, Oltinsoy, Uzun hamda Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida "Otalar yigʻilishi" oʻtkazildi.
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toʻraqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda psixologlari uchun "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va psixologik xizmatni samarali tashkil etish" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SAT

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari boʻlib oʻtdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🗺Ayni damda, Toshkent, Nurafshon, Nukus, Jizzax, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Guliston, Termiz, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️Agentligimiz tizimidagi Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritdi

Mexanika muhandisligi yoʻnalishi birinchi kurs talabasi Shamshodbek Axmadov “Ibrat Academy” marafonida faol ishtirok etib, kuchli yettilikdan oʻrin egalladi va Londonga taʼlim sayohatini yutib oldi.

Eslatib oʻtamiz, Agentligi tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA SAMARADOR USULLAR

O‘quvchilarga bilim berishda, avvalo ularda umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq tushunchalarini shakllantirish muhimdir. Bu fazilatlar bilan bezangan bilim samarali va foydali bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosi, g‘oyalari asrlar oshsa-da hanuz dolzarb va qadrli ekanligi shundan. Kitobga oshnolik esa barcha bilimlarning kalitidir.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova o‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatishda qoʻllanilayotgan samarador usullar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati oshirish, kitobxonlikka rag‘bat uygʻotish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” an’anaviy adabiy musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Musobaqa ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Albatta, bu musobaqaning vaqti va o‘tkazilish tartibi o‘quv yili boshida tasdiqlanadigan maktab Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasining yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yili boshida o‘quvchilarga yil davomida o‘qilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilganda qaysi sinf qaysi sanada musobaqada ishtirok etishlari ma’lum qilinadi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube