Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Eco_school

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Trening davomida, o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha soha mutaxassisi tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Agentligimiz tizimidagi Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Yusupbek Dauletmuratov AQSh elchixonasining FLEXKelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik taʼlim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Yusupbek Dauletmuratov 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.


Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 657 nafar boʻlib, shundan 152 nafarini qizlar tashkil etadi. 272 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 258 nafar talabaning 86 nafarini qizlar tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasalari agentligi tizimidagi maktablarda erishilayotgan yutuqlar “Mening yurtim” telekanali “Hudud” axborot dasturi

📺 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi“Sevimli telekanali “Zamon” axborot dasturi

📺 Baxmal tuman ixtisoslastirilgam maktabida Jizzax viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiJizzax MTRK Diyor yangiliklari

📺 Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Behruz Xolmurodovning ijodiy faoliyatiJizzax telekanali

📺 Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻlkamizda bahor" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildiFarg‘ona MTRK “Farg‘ona 24” axborot dasturi

📺 STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichi Farg‘ona MTRK “Farg‘ona 24” axborot dasturi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktabimiz_haqida
#Chust_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 463 nafar oʻquvchiga 50 nafar pedagog taʼlim-tarbiya bermoqda.

Ushbu maktab zamonaviy taʼlim sharoitlariga ega boʻlib, barcha zarur jihozlar, oʻquv anjomlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.

Maktabda:
37 ta oʻquv xonasi;
2 ta informatika xonasi;
4 ta laboratoriya xonasi;
1 ta robototexnika xonasi;
1 ta kutubxona;
1 ta tikuv xona;
120 oʻrinli faollar zali;
sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni;
sport zal hamda 100 kishiga moʻljallangan oshxona mavjud.

Darsdan soʻng oʻquvchilar uchun barcha fanlardan toʻgaraklar tashkil qilingan. Shuningdek, maktabimizda radio, drama hamda sport toʻgaraklari ham faoliyat yuritmoqda.

Pedagogik jamoaning maqsadi ushbu bilim maskanida taʼlim olayotgan oʻgʻil-qizlarni jahon ilm-faniga hissa qoʻshgan ajdodlarimizga munosib qilib tarbiyalashdan iborat!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari obodonlashtirish sohasi ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan
tabrikladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "TEDxNamanganPS" loyihasi tadbirini
o‘tkazdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Hayotdagi bir xillik" mavzusida videorolik
suratga oldi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Xotin-qizlarning faolligini oshirish” mavzusida seminar-trening
tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Startup Weekend Central Asia” tadbirida
ishtirok etdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Balli qizlar” tanlovi
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Biologiya bilimdonlari” bellashuvi
bo‘lib o‘tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida adabiy-ma'rifiy tadbir
o‘tkazildi.

Abdulla Oripov hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Turon yo‘lbarslari" musobaqasining dastlabki bosqichi o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida seminar
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o‘quvchisi "Ingliz tili" fani bo‘yicha milliy sertifikatga
ega bo‘ldi.

Jizzax shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi
o‘tkazildi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Moziyga bir nazar" bellashuvi
tashkil etildi.

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy-vatanparvarlik mavzusida o‘quv-amaliy seminar
bo‘lib o‘tdi.

Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual
o‘yini o‘tkazildi.

Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Sumalak sayli"
o‘tkazildi.

Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa
bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eco_school

"ECO SCHOOLS UZBEKISTAN" LOYIHASI NAMANGANDA

Namangan shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasiga a'zo maktablar vakillari va ekofaollari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyatida o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, maktablarda ekologik xavfsiz va farovon muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube