Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari kimyoviy tajribalar oʻtkazdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzsanoatqurilishbank” vakillari bilan uchrashdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida "Yashil makon"umummilliy loyihasi doirasida tadbir
tashkil etildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni
oʻtkazildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Talent show” tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Direktor kubogi” uchun oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining birinchi
mavsumi yakunlandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ijodiy tanlov
eʼlon qilindi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining ijod namunalari Respublika nashrida
chop etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining oʻquvchisi Islombek Abulqosimov "Xalqaro geografiya" olimpiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida shaxmat-shashka musobaqalari
tashkil etildi.

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Ichan-qalʼa" davlat muzey-qoʻriqxonasiga
sayohat qildi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Jasurbek Qodirjonov oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan viloyat ochiq chempionatida 1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

Bandixon hamda Boʻka tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishoni va guvohnomasi topshirildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi Gavhar Toʻrayeva xalqaro GRE sertifikatini yuqori natija bilan
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi xotin-qizlar oʻrtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida faol
ishtirok etdi.

Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy tadbir
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

⚡️Unga koʻra, aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh xotin-qizlar, jumladan:

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi — Zulfiya Shomurotovalar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

🗣Eslatma: Taqdirlanganlarga “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi.

💰Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

👏 Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni samimiy tabriklaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

Xiva shahridagi Prezident maktabining Zulfiyasi Zulfiyaxonim izdoshi boʻldi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Zulfiya Shomurotova ta’lim yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

U 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va tarbiya akademiyasi tomonidan "Xalqaro ilmiy ishlar va maqolalar" tanlovida qatnashib "Ta'limdagi xizmatlari uchun" maxsus oltin medali va 1-darajali diplom bilan taqdirlangandi.

Ma'lumot o'rnida, 2022-yilda mazkur maktabning oʻquvchisi Madina Sa'dullayeva, 2023-yilda esa yana bir oʻquvchisi Sevinchoy Ollayorova ham aynan ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

Biznes va iqtisod fani o‘qituvchisi
Biologiya fani mutaxassisligi (laborant)
Tarbiyachi-pedagog

📝Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasidagi ish tajribasi (3-5 yil);
🔹Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati ustunlik beradi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

📝Imkoniyatlar:
🔸Kembrij xalqaro o'qitish tizimi;
🔸Xalqaro tajribaga ega xorijlik o'qituvchilar (co-teaching);
🔸Xorijlik mutaxassislar tomonidan haftalik malaka oshirish treninglari;
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Malakaviy va shaxsiy rivojlanish;
🔸Iqtidorli o’quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

📆Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma ushbu manzilga yuboriladi:
📤@Aziza1114

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Urganch_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining faoliyat koʻrsatayotgani iqtidorli yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Agentligimiz tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 456 nafar oʻquvchiga 42 nafar pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
▫️43 ta oʻquv xonasi,
▫️2 ta informatika xonasi,
▫️3 ta laboratoriya xonasi,
▫️robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal va autsorsing tizimida 2 mahal ovqatlanishga moʻljallangan oshxona mavjud. Fan va ijodiy toʻgaraklar tashkil qilingan.

Maktab-internat pedagogik jamoasining maqsadi yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis va komil inson boʻlib yetishishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilnora Berdiyorova AQSh elchixonasining FLEX Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik ta'lim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda D.Berdiyorova 2024-2025-o‘quv yilida 10-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti o‘qituvchisi Kembrij universitetiga ilmiy-tadqiqot yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti katta o‘qituvchisi Dilshoda Rabbimova Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Kembrij universitetida ikki oylik ilmiy tadqiqot o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.

U britaniyalik hamkorlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun pedagogik mahorat hamda o‘qitish usullari bo‘yicha seminar-treninglarni doimiy tashkillashtirib keladi.

Xususan, dunyo reytingida top 10 talikka kiradigan Kembrij universiteti ta’lim fakulteti professorlari bilan ham qo‘shma ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Go‘zaloy Kenjayeva Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik taʼlim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Go‘zaloy Kenjayeva 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Buxoro shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi.

Ishchi guruh maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oy kitobi” loyihasining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida ''Oʻqituvchi oʻqituvchiga'' video qoʻllanmasi
taqdim qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga bagʻishlangan davra suhbati
boʻlib oʻtdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida "Speedcubing" turniri oʻz
nihoyasiga yetdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ijtimoiy-gumanitar hamda sanʼat fanlari haftaligiga
start berildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi respublika ijodiy ishlar tanlovini
eʼlon qildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Ekomadaniyat” targʻibot loyihasi
oʻtkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Dilbek Almurotov Sochida boʻlayotgan Butunjahon yoshlar festivalida
ishtirok etmoqda.

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish" mavzusida seminar-trening
oʻtkazildi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ayol borki, olam munavvar" mavzusida bellashuv
tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Murodbek Alimbekov xalqaro universitet grantiga
sazovor boʻldi.

Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli yigitlar" bellashuvi
tashkil etildi.

Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Milliy kiyim" kuni
oʻtkazildi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston tarixi fanidan bellashuv
boʻlib oʻtdi.

Pastdargʻom tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Bibixonim" jamoasi Xotin-qizlar oʻrtasida "Zakovat" turnirining Respublika bosqichida
ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ilmiy_metodik_kengash

ILMIY-METODIK KENGASH YIGʻILISHI DARSLIKLAR MUHOKAMASIGA BAGʻISHLANDI

Bugun, 5-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik mas’ullari, nufuzli oliy taʼlim muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi oʻqituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev yigʻilishni ochib berdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi, – dedi agentlik direktori. – Mazkur vazifalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Agentligimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yigʻilishda Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-6-sinflar uchun Matematika, 6-sinflar uchun Informatika, 7-sinflar uchun Fizika, 8-sinflar uchun Ona tili, 9-sinflar uchun Biologiya fanidan Kembrij darsliklarining mahalliylashtirish jarayonlari muhokama etildi.

Muhokama jarayonida kengash yigʻilishi kun tartibida belgilangan 9 ta fan darsliklarining tuzuvchi-mualliflari tomonidan taqdimoti oʻtkazildi.

Yigʻilish soʻngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklar taqdimotiga asosan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Ibroyim_Yusupov_nomidagi_ijod_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bugungi kunda 191 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 13 ta fan, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 150 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, kutubxona mavjud. Shu bilan birga aкtyorlik mahorati, dizayn, media, tasviriy va raqamli san’at, musiqa yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Maktab o‘quvchilarining  34 nafari ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega. Gulqumar Jaqsilikova, Sayora Tileuniyazova, Ajiniyaz Ataniyazov, Muxriddin Qurbaniyazov, Asadbek Sultamuratov kabi bitiruvchilar AQSh, Janubiy Koreya,Turkiya davlatlarining nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube