Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

Agentligimiz tizimidagi ta'lim maskanlarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi
🗺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabi
🗺Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🗺Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🗺Andijon shahridagi Prezident maktabi
🗺Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🗺Nukus shahridagi Prezident maktabi

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🗺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🗺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🗺Ogahiy nomidagi ijod maktabi

🗺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🗺Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan mazkur ijod maktabida adabiyotga oshno, Hamid Olimjon va Zulfiyaga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.

Bugungi kunda ijod maktabi “Sifatli ta’lim va tarbiya – barqaror kelajak kafolati” shiori ostida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Xususan, hozirga qadar maktabni 65 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning barchasi xorijiy va mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi.

2023-yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi xulosasiga ko‘ra, ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha Jizzax viloyatida birinchi, Respublikada o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Maktab yoshlari fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab xodimlari stipendiyasi tashkil etilgan.

Ta'lim maskanida jurnalistika, publitsistika , noshirlik ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun “Ijod gulshani” nomida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi efirga uzatilmoqda. Hozirga qadar 11 nafar o‘quvchining 13 ta kitobli nashr ettirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Oqqoʻrgʻon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy taʼlim sharoitlariga ega. Maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 316 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 30 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.

Maktabda 4 ta sport, 1 ta robototexnika, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻquvchilardan 34 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qizlar_olimpiadasi_matematika
#Agentlik_bosqichi

2024-yil 1-mart kuni Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu olimpiada ikki bosqichda boʻlib, ishtirokchilar dastlab yozma ish topshirdi, keyingi bosqichda test sinovidan oʻtdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida 1-,2-,3-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlanadi hamda yuqori natija koʻrsatgan jami 30 nafar qatnashchidan Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube