Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.7K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.54K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

VENGRIYA ELCHISI MAKTABIMIZDA


Agentligimiz tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.

Vengriya elchisi maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi.

Tashrif doirasida elchi va maktab yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida suhbat tashkil etildi.

Muloqotda mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari mehmon tomonidan alohida e'tirof etildi. Suhbat davomida Yojef Roja yoshlarga Vengriya maorif tizimi, nufuzli universitetlari, ta’lim grantlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, xalqaro ta'lim yo‘nalishida yoshlarga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan "Erasmus+" dasturi haqida ham ma’lumot berdi.

Suhbatda qayd etilgan mavzular, xususan Vengriya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan muhandislik, IT, tibbiyot  kabi zamonaviy sohalar bo‘yicha stipendiya dasturlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktabi o‘quvchilarining ezgu tashabbusi

Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ustozlari boshchiligida Xo‘jaobod tumanidagi 17-sonli kar bolalar maxsus maktab-internatiga borib, alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlar holidan xabar oldi.

Prezident maktabining akademik direktori Moises Almarez hamda o‘qituvchilar ushbu maktab-internatidagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Prezident maktabi sardorlari interfaol o‘yinlar o‘tkazib, tarbiyalanuvchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlarga adabiy-ma'rifiy kitoblar, esdalik sovg‘alar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Buxoro viloyatidagi maktablarimiz faoliyati o‘rganilmoqda. Maktablarga ishchi guruh tomonidan amaliy va metodik yordamlar berilmoqda. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

Agentligimiz tizimidagi ta'lim maskanlarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi
🗺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabi
🗺Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🗺Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🗺Andijon shahridagi Prezident maktabi
🗺Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🗺Nukus shahridagi Prezident maktabi

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🗺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🗺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🗺Ogahiy nomidagi ijod maktabi

🗺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🗺Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM