#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻrtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli oʻrinlarni egalladi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi va “Edu Action Exams Center” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida harbiy kasbga yoʻnaltirish tadbirlari o‘tkazildi.
⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi oldidan "Zulfiyaxonim qizlari" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari yangi loyihaga qoʻl urdi.
⏺Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi “Ibrat Academy” marafonida TOP-100 talikdan o'rin oldi.
⏺Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari amaliy mashgʻulotlar doirasida hududdagi markaziy shifoxona faoliyati bilan tanishdi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Dasturlashni oʻqitishda muammo va yechimlar"mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yerda hayotning paydo boʻlishi" mavzusida integratsiyalashtirilgan mashgʻulot oʻtkazildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida olim Vahob Rahmonov ishtirokida "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini sharhlab oʻrganish" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Nukus harbiy prokuraturasi vakillari bilan muloqot oʻtkazildi.
⏺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺"Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori kubogi" doirasida "Zakovat" oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Namangan viloyatidagi maktablar boʻldi. Dastlab agentlik direktori tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktorlari bilan uchrashdi.
Viloyatda joylashgan tizimdagi ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.
Shundan so’ng, tizimdagi maktablar ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o’rganildi. Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
1-MART – XALQIMIZNING ATOQLI SHOIRASI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN
Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan.
Zulfiya dostonlari, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Sen qaydasan yuragim” , "Sensiz” kabi go‘zal, diltortar she’rlari hali hanuz tillarda jaranglaydi.
Zulfiyaning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon kabi koʻplab tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari eʼtiborga olinib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etilgan. Agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalarning iqtidorli qizlari ushbu mukofotga sazovor bo’layotgani ayniqsa quvonarlidir.
2017-yilda tashkil etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabimizda esa adabiyotga oshno, shoiraga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.
➖➖➖➖➖
Shoiraning "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" sheʼrini Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Kamola Komiljonova oʻqigan.

#xalqaro_hamkorlik
VENGRIYA ELCHISI MAKTABIMIZDA
Agentligimiz tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.
Vengriya elchisi maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi.
Tashrif doirasida elchi va maktab yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida suhbat tashkil etildi.
Muloqotda mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari mehmon tomonidan alohida e'tirof etildi. Suhbat davomida Yojef Roja yoshlarga Vengriya maorif tizimi, nufuzli universitetlari, ta’lim grantlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, xalqaro ta'lim yo‘nalishida yoshlarga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan "Erasmus+" dasturi haqida ham ma’lumot berdi.
Suhbatda qayd etilgan mavzular, xususan Vengriya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan muhandislik, IT, tibbiyot kabi zamonaviy sohalar bo‘yicha stipendiya dasturlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Prezident maktabi o‘quvchilarining ezgu tashabbusi
Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ustozlari boshchiligida Xo‘jaobod tumanidagi 17-sonli kar bolalar maxsus maktab-internatiga borib, alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlar holidan xabar oldi.
Prezident maktabining akademik direktori Moises Almarez hamda o‘qituvchilar ushbu maktab-internatidagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Prezident maktabi sardorlari interfaol o‘yinlar o‘tkazib, tarbiyalanuvchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbirda alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlarga adabiy-ma'rifiy kitoblar, esdalik sovg‘alar topshirildi.