Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.6K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#laboratoriya_ishi
#fotoreportaj

OʻQUV JARAYONLARI

Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchilari Ghulam Qadir va Aʼzamjon Abduhakimov 9-sinf o‘quvchilari uchun “Nomaʼlum tuz va eritmaning tarkibini tahlil qilish, kation va anionni aniqlash” mavzusida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Qoʻshkoʻpir_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🗺 Qoʻshkoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 342 nafar o’quvchi 42 pedagogdan saboq olmoqda.

📝Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan taʼlim maskanida:
25 ta o’quv xonasi;
2 ta informatika xonasi;
4 ta laboratoriya xonasi;
robototexnika xonasi;
sport zal, ovqatlanishga mo’ljallangan oshxona mavjud.

Darsdan so’ng o’quvchilar uchun barcha fanlardan to’garaklar tashkil qilingan.

💫 Umid qilamizki, bu ta'lim maskanida yoshlar jonkuyar ustozlar ko’magida kuchli bilim olib, kelgusida zarur sohalar bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT

Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor
bo‘lgan edi.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.

Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotga oshno, ilm-ma'rifatga chanqoq yoshlar kamolga yetmoqda.

Ta'lim maskanida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish uchun “O‘zbegim” platformasi yaratilgan. Platforma doirasida “O‘zbegim” radiosi, “O‘zbegim” jurnali va Farg‘ona viloyati teleradiokanali bilan hamkorlikda “O‘zbegim” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbegim” ijodiy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. “Tarannum” musiqiy ansambli, drama, kulolchilik to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda ta'lim maskanida 35 nafar o‘qituvchi-murabbiy 198 o‘quvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda.

2023 yilda Davlat dasturi doirasida ijod maktabining qo‘shimcha o‘quv binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona va sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Ta'lim maskani Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, zamonaviy laboratoriya va robototexnika jihozlari bilan taʼminlangan. O‘quv xonalari zamonaviy kompyuterlar va panel ekranlar bilan jihozlangan.

Bilimni baholash agentligining 2023-yil bitiruvchilarining o‘z fanlaridan to‘plagan ballari sarhisobi bo‘yicha mazkur ta'lim maskani bitiruvchilari o‘rtacha 159.7 ball bilan respublikada 2-o‘rinni egalladi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Bugun Navoiy viloyatidagi Konimex hamda Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi. Maktab bitiruvchilarining kelgusidagi rejalari haqida muloqot qilishdi.

Muloqotda oqitish ishlari sifatini yanada oshirish, ayni jarayonda o‘quvchilarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqaruvchi yangi loyiha va tashabbuslarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Agentlik ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube