#Tashrifdan_soʻng
Shu yilning 15-fevral kuni Prezidentimiz Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurgan edi.
O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida maktabning 9-sinf o‘quvchisi Madina Jahongirovaning kelajakda kimyogar bo‘lish orzusi borligini eshitgan Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun doim tayyor ekanligini va o‘quvchimizga imtiyoz asosida davlat grantidan kvota ajratilishini ta’kidladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor B.Usmonov Madinaxonni ushbu e’tirof bilan qutlab, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qabul qilinganlik haqidagi sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.
Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktab-internati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#xalqaro_hamkorlik
Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi
Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida o‘zbekistonlik va xitoylik o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.
Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.
Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Yoshlarning ilmiy ishlanmalari
#18feb #uzbekiston24
🗺

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab- internati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tdi
17-18-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan
Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

#Eko_school
Eko-school loyihasi doirasidagi seminar-treninglar davom etmoqda
Ayni damda Respublikamiz boʻylab "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta ta'lim muassasalari uchun seminar-treninglar shaklidagi oʻquv eko-oromgohlarga start berilgan.
Mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatidan "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 6 ta maktab uchun Buxoro shahridagi Prezident maktabida seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
Navoiy shahridagi Prezident maktabida ota-onalar va oʻquv jamoasi muloqoti tashkil etildi.
Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Adliya bo‘limi oʻrtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan 10-sinf oʻquvchilari hududdagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov Malayziyaning XIAMEN universiteti grantini qo‘lga kiritdi.
Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish" oyligi doirasida davra suhbati oʻtkazildi.
Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻgʻil bolalar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.
O‘zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ustozlari bilan "Agrobank" АTBning hududiy filialiga sayohat qildi.
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari Mudofaa ishlar bo'limida bo ʻlib, harbiy ta'lim muassasalari haqida ma'lumotga ega bo ʻldi.
Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-sinflar oʻrtasida "Otalar yig'ilishi" oʻtkazildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf oʻquvchisi, Binar raqamlarni eslab qolish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Mohinabonu Umarbekova ishtirokida "Mnemonika. konsentratsiyani jamlash" mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Navnihol" ijodiy to‘garagi tomonidan "Iste'dodlar yolqini" nomli ijodiy sahnalashtirilgan tadbir tashkil etildi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida shoir To‘ra Sulaymonning 90 yillik yubileyi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Quvnoq hafta" tadbirlari tashkil etilmoqda.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yangi O‘zbekiston” universiteti proffessorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

#SAT
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi
Ma’lumot oʻrnida: SAT - Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun standartlashtirilgan test imtihoni hisoblanadi.
SAT imtihoni 2 qismdan iborat: matematika va matn tahlili. Ularda olish mumkin boʻlgan eng yuqori natija 1600 ball. 1400 dan yuqori ball 90 foizdan ziyod natija bilan imtihondan oʻtdi degani.
1500 dan yuqori ballni esa imtihonning 100 dan faqat 1-2 foiz ishtirokchisigina qoʻlga kiritishi mumkin.
Bugungi kunda Toshkent, Nurafshon, Nukus, Jizzax, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Guliston, Termiz, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda Namangan shahridagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihon markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

#Ustoz_shogird
Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | "Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi
#19feb #uzbekiston24
🗺
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Axborot 24 | "Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi
#19feb #uzbekiston24
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi.
Ular ishlashi, o‘qishi va kasb-hunar o‘rganishida to‘siqsiz muhit yaratish choralari ko‘riladi.
Bunda, nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, o‘zini o‘zi eplashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimiga o‘tiladi.

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz
📣 DIQQAT E'LON!
⏺ YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor o‘rinbosarlari lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlarga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
⚡️ Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 21-fevral – 2-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
📝 Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖ mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖ xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖ oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖ IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).
✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖ halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
➖ liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.
📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 21-fevraldan boshlab topshirishingiz mumkin.
📞 Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif_etamiz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat
⚡️ Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.
📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:
📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
✅ Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.
❗️ Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlar_uchun_imkoniyat
📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Mening tasavvurimdagi ekologik toza shahar “ mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilindi.
⏺ Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari IELTS imtihonidan yuqori natijalarni qo‘ga kiritdi.
⏺ Samarqand shahridagi Prezident maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi oshirildi.
⏺ Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Sir David Attenborough" uslubida qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.
⏺ Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda "Tabiatga doʻstona munosabat" shiori ostida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
⏺ Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinflar oʻrtasida "Robofest-2024" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
⏺ Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilariga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.
⏺ Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Bo‘zqir arsloni - Jaloliddin” nomli spektakl namoyish etildi.
⏺ Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⏺ Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS, SAT, Common App kabi xalqaro dasturlar bo’yicha ma’lumot olishdi.
⏺ G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobxonlik" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
⏺ Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Buyuk ajdodlarimiz yodi mangu barhayot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
⏺ Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oliy Majlisi Senati, Ichki ishlar vazirligi va tuman hokimligi mas'ullari bo‘lib, ta’lim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺ Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.
⏺ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ekologiya mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
⏺ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Farangiz Abdusalomovaning ijodiy ishlari xorij matbuotida chop etildi.