Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.3K subscribers
18.6K photos
2.38K videos
70 files
6.85K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Namangan shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning abadiy xotirasi va merosiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida futbol musobaqasi o’tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Termiz filiali faoliyati bilan tanishdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi Michael Malutshi “Matematikaning eng chiroyli teoremasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi va Markaziy harbiy okrugga qarashli 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni o’rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Rahmonjon Egamberdiyev bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchisi Javohir Abdullayev "Aqilli ko'cha chirog'i modeli"ni yaratdi.

Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilarining G'afur G'ulom uy-muzeyiga virtual sayohati tashkil qilindi.

Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim olimpiadasi" o'tkazildi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabda og'il bolalar o'rtasida sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ishtirokida "Boburxonlik kechasi" tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Amir Temur tarixi muzeyiga sayohat qildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent fotolar uyiga sayohat qilishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yangi O'zbekiston" universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida qizlar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazildi.
#new_Uzbekistan_university

⚡️Yurtimizda birinchi marta tashkil etilayotgan “Startup Weekend Central Asia”ga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz!

📶 Markaziy Osiyo startap hamjamiyatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Startup Weekend Central Asia" tadbiriga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz.

Tadbirda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

🔺gipotezalarni tekshirish va mahsulot yaratish;
🔺jamoangizga bilimli yoshlarni jalb qilish;
🔺muvaffaqiyat qozongan startap loyihalar bilan tanishish;
🔺xalqaro mentorlar bilan tajriba almashish.

📆 Sana: 1-2-3 mart.
🗺 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti.
📝 Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: startupweekend.uz

Barcha ixtirochi yoshlarni “Startup Weekend Central Asia” tadbirda kutib qolamiz.

#StartupWeekend #CentralAsia

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud. 

Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Eko_oromgoh

Respublikamizda eko-oromgoh loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, yurtimizda "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta taʼlim muassasalari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi ikkinchi treninglar Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaga aʼzo 7 ta maktab uchun Xiva shahridagi Prezident maktabida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, 2024-yilda loyiha o‘tkaziladigan maktab hududlari ham ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube