Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.7K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.53K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#seminar

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Robototexnika” asoslarini o‘rgatishga yo‘naltiriladi.

Robototexnika fani o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminar-treningi tashkil etildi.

Seminar joriy yilning 8-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#qizlar_olimpiadasi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtdi.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishdi.

🗺Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalariga yangi qabulning birinchi darslari boshlandi. Bolalar 3 ta — dizayn, media va teatr san’ati yo‘nalishlariga bu safar 256 ta ariza yo‘lladi.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval bolalar, tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib, ijodiy imtihondan o‘tdilar. Unda tajribali pedagoglar nomzodlarning kreativ fikrlash va o‘z-o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini baholadi. Kelgusida "Zamin Creative" studiyalarida o‘qish bolalarga jamoada ishlashga o‘rganish, tanlangan sohada o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi hamda bo‘lajak professional faoliyatiga boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#amaliyot

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari Surxondaryo viloyatidagi bank va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashdi.

Hamkorlik memorandumiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashni nazarda tutadi.

Suratlarda: o‘quvchilar "O‘zmilliy bank" AJ Qumqo‘rg‘on bank xizmatlari markazi va "Termiz National Carpets" MCHJga qarashli "SUF CARPETS" gilam ishlab chiqarish fabrikasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube