Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kibr xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Yangi O‘zbekiston jadidlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi E’zozaxon Karimova ishtirok etib, taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilg‘or g‘oya va qarashlarini tadqiq etish Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni bunyod qilishda mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan ma’rifatparvar jadid bobolarimizning hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

✔️ Bosh hisobchi;
✔️ Media toʻgaragi rahbari;
✔️ EHM laboranti.

Bosh hisobchi lavozimi uchun talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹UzASBO dasturni mukammal bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📨 [email protected]
📞 +998932006616

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university
#press_tur

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

🎙Sizlarni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura bosqichi ta’lim dasturi ochilganligi va yangi oʻquv binosiga koʻchganligi munosabati bilan tashkil etilayotgan press-turga taklif qilamiz.

📆 Sana: 26-yanvar
Soat: 10:30
📍 Manzil: Movarounnahr ko'chasi, 1-uy.
Moʻljal: Hamid Olimjon metro bekati yaqinida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, pedagoglar uchun muhim eslatma!

❗️2024-yil yanvar-iyun oylarida maktabgacha va umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan attestatsiyasi sinovlari muddatlari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

🖥 Vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga oid barcha ma’lumotlar, xususan ularning muddatlari va joylari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

👉 Eslatma: shuningdek, attestatsiyaga doir barcha zarur ma’lumotlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib yangilik!

🌍 2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

☄️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang❗️
Hoziroq ro'yxatdan o'ting❗️

🌍 Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

🌍 Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

👉Batafsil maʼlumot bu yerda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

🗺“Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻtkazilgan press-turdan fotoreportaj.

#press_tur #journalists #blogers

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM