Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ChSB_sinovlari

🗺Bugun Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda II chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) sinovlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur sinovlar 7-, 8-, 9-, 11- sinflarda offlayn, 10-sinflarda esa yangidan joriy etilgan maxsus platforma orqali tajriba-sinov tariqasida birinchi marotaba onlayn tarzda tashkil etildi.

🗣Maʼlumot uchun, ChSB savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

YIL AYOLI – 2023

“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Unda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining direktori Nigora Mannopova “YILNING ENG YAXSHI G‘OYALAR TASHABBUSKORI” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📶 ZAMONAVIY METODIKA OLIS HUDUD PEDAGOGLARI BILAN

🗺Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika, ingliz tili, tarix hamda fizika fani o‘qituvchilari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi olis Ko‘rpasoy qishlog‘ida joylashgan 41-umumta’lim maktabida “O‘rganamiz, o‘rgatamiz” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📝Unda trenerlar tomonidan o‘quvchilar bilan ishlashda yangicha ta’lim uslublaridan foydalanish, har bir o‘quvchining qiziqish va istaklaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonlarida qo‘llanilishi muhim bo‘lgan dasturlarni o‘rganish, dars mashg‘ulotlarini amaliyotga bog‘lagan holda tashkil qilish muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda o‘qituvchilar o‘quvchilar ishtirokida interaktiv o‘yinlar va vazifalarni jamoaviy va yakka tartibda qo‘llash usullarini tajribadan o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM