Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.

Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi Prezident maktablari va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari o‘rtasida umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-treninglar reja-grafigi ishlab chiqilgan.

Bugundan boshlab barcha Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumtaʼlim maktablarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Gʻafur_Gʻulom_120_yoshda

⚡️YOZUVCHI VA SHOIR GʻAFUR GʻULOM TAVALLUDINING 120 YILLIGI NISHONLANDI

🗺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumtaʼlim maktabi hamkorligida Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda 260-sonli maktabning 3-sinfidan to 8-sinfigacha boʻlgan oʻquvchilari faol ishtirok etishib, “Shum bola” asaridan sahnaviy koʻrinish, oʻzbek, ingliz, rus tilidagi sheʼrlari bilan tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʼlishdi.

🗣Ijod maktabi oʻquvchilarining “Chigʻatoy gurungi” dutorchi qizlar jamoasi ijrosidagi kuylar va “Goʻzal, Turkiston” qoʻshigʻi barchada faxr tuygʻusini uygʻotdi.

📚Tadbir soʻngida Oʻzbekiston Yozuvilar uyushmasi tomonidan maktab kutubxonasiga yangi badiiy asarlardan iborat kitoblar sovgʻa qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝“ZIYOLILAR SCHOOL” ALMANAXI UCHUN SARALAB OLINGAN 100 NAFAR IQTIDORLI O‘QUVCHI BILAN TANISHING

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarini saralab olgani haqida xabar berilgandi.

📚Bugungi kunda kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌐 Saralab olingan o‘quvchilar ro‘yxati.

⚡️Maʼlumot uchun, saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchining 23 nafari Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchilari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi

📝"Oʻzbegim" qasidasi.
✍️ Erkin Vohidov, Oʻzbekiston xalq shoiri.

🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#ikkinchi_kun

⚡️ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

Xabar berganimizdek, barcha hududlardagi Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida tuman va shaharlardagi umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

🗺Hududlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM