Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.52K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga_munosib_tuhfa

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino qurilishiga 7 mlrd. 800 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Mazkur maktab 408 o‘quvchi o‘rniga ega.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil gapirdi.

Marosimda ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim-tarbiya muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy jihozlar hamda qurilmalar o‘quvchilarning kuchli bilim va tafakkurga ega farzandlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube