Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#uch_avlod_uchrashuvi
#ijod_maktabi

⚡️ ADOLAT VA MA’NAVIYAT

🗺 O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida sud sohasining peshqadam vakillari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmonov, sud faxriylari, sudyalar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda sud faxriylari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, boy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berdilar. Faoliyatlari davomida ro‘y bergan esda qolarli va ibratli voqealarni yodga oldilar. Tadbir bugungi kunda sud idoralarida faoliyat olib borayotgan yoshlar va ertangi istiqbolini ayni sohada ko‘rishni istayotgan o‘quvchilarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yanada qizg‘in o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#direktor_stipendiyasi

MAKTAB DIREKTORI MAOSHIDAN A’LOCHI O‘QUVCHILARIGA STIPENDIYA BERADIGAN BO‘LDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida birinchi chorak yakuni bo‘yicha barcha fanlardan a’lo baholarga yakunlagan 6 nafar o‘quvchilarga "Direktor stipendiyasi" tashkil qilindi.

Maqsad esa ta’sis etilgan stipendiya orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️Ishtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun “Dramaturgiya” darsi Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.

🗣Dars davomida o‘quvchilarga teatr sahnasi, sahna madaniyati, dekoratsiyalar, spektaklga qadar teatr jamoasida ishlovchi rejissyor, aktyor, rassom, orkestr, hattoki ovoz operatoridan tortib chiroq ustasigacha har bir xodimning mehnati haqida tushunchalar berdi.

📝O‘z navbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan har bir savoliga javoblar oldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:


maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish,
dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.


Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
___
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):

- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda.

Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube