Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.
Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.
Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.
Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.
Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!
Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi

Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.
Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_baholash_tizimi
📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.
⚡️ Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
❓ Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?
✅ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar samarasi
#uzbekiston24
🗺 Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida umumtaʼlim maktablari 314 ta boʻlib, Prezident maktabi, ijod maktabi hamda 10 ta ixtisoslashtirilgan maktablardagi pedagoglarning tajribasi, ishlash uslubi mazkur umumtaʼlim maktablariga ham tatbiq etilmoqda.
✅ Yangicha yondashuv asosida ishlarning tashkil etilishi esa oʻquvchilarni darsga qamrab olish, farzandlarning bilim olishiga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
⏱ 00:36 – Guliston shahridagi Prezident maktabi;
⏱ 05:08 – Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
⏱ 06:48 – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maxsus reportaj | Ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar samarasi
#uzbekiston24
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_va_tasviriy_kulolchilik
✅ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan to‘garaklarning safiga yangi tashkil etilgan “Amaliy va tasviriy kulolchilik” to‘garagi ham qo‘shildi va to‘garak rahbari Temurbek Haydarov boshchiligida ilk amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
🍶O‘quvchilarni kulolchilik sohasiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu to‘garakning a’zolari birin-ketinlik bilan loydan har xil turdagi piyola, ko‘za, tandir, kosa kabi buyumlarni yasadilar.
📝 Kulolchilik milliy xalq amaliy sanʼati turlaridan boʼlib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohasiga kiradi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati Farg‘ona vodiysida keng rivojlangan.