#Maʼnaviyat_marafoni
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkazildi.
🗣 Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad yoshlar qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashdan iborat.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.
Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.
Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.
Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

#yashil_makon
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bog'i tashkil etilmoqda
Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari hamda tizimdagi boshqa qator tashkilotlar xodimlari ishtirokida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.
"Yashil makon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tashabbus davomida murakkab yer sharoitiga moslashuvchan 1000 tupdan ortiq yong‘oq daraxti ko‘chatlari ekildi.
Daraxt ekish tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda o‘tqazilgan ko‘chatlarni parvarish qilish hamda hududni yanada obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.