Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi

⚡️Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

📝Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.

🗺Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marafon

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf


🗺Toshkentda bolalarni ekota’limga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiya tasdiqlandi

📝Strategiya ekologik muammolar va ularning yechimi haqida yoshlar va bolalarning xabardorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, strategiya maktabgacha va maktab ta’limi siyosatining barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov hamda Ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar muassasada tashkil etilgan ta'lim jarayonlari, undagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🗣Shuningdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabining turli yo'nalishlardagi eng ilg'or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o'quvchilari bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM