Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#trening

⚡️Andijon va Buxoro shahridagi Prezident maktabida xorijiy va mahalliy pedagoglar ishtirokida kasbiy rivojlanish mavzusida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

🗣Unda o‘qituvchilar o‘rtasida muzokaralar, ta’lim sifatini rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflar ilgari surildi.

Ushbu mashg‘ulot orqali pedagoglarimiz O‘zbekiston va jahon ta’lim tizimini integrallashtirish, xalqaro miqyosda o‘qituvchi va o‘quvchi ishtirokini yuksaltirishning muhim omillarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️Unicorns” startap loyihalar tanlovida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi g‘olib bo‘ldi!

Respublika bo'ylab 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlaning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Unicorns” startap loyihalar tanlovida universitetimiz 3-bosqich talabasi Charos Abdusattorova ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🗣Ma'lumot uchun, tanlovda 800 nafar yoshlar qiziqish bildirgan bo‘lib, final bosqichiga 50ta loyiha egalari yetib kelgan va ulardan eng yaxshi 15 nafari g‘olib deb topilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Diqqat, e’lon!

Iste’dodli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar diqqatiga! 
– Siz xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni
– Mutaxassislarining  rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, iqtidorli jamoada ish o‘rganishni istaysizmi? 
Unda Sizni Agentligimizda kutamiz!
Аgentlik markaziy apparatida amaliyot o‘tash uchun siz joriy yilning 10-noyabiridan 5-dekabriga qadar ariza topshirishingiz mumkin.
Sizdan:
– O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
– ingliz va rus tillarini bilish;
– ijodkorlik;
– jamoada ishlash qobiliyati;
– kompyuterda erkin ishlay olish;
– va albatta mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik talab etiladi.
Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Agentlik tomonidan sertifikat beriladi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga suhbat asosida ishga qabul qilinadi. 

Amaliyot 12 oy davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IHT
#sammit

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti ishtirokchilarini kutib olish marosimi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi

⚡️Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

📝Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.

🗺Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM