Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#yashil_makon
#Prezident_maktabi

⚡️Atrof muhit qanchalik ozoda va go‘zal bo‘lsa u yerda baraka bo‘ladi

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🗺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌱Tadbir davomida maktab atrofiga turli navlardagi gullar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi

ZAMONAVIY YONDASHUV, AMALIY KOʻNIKMA

Oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishda taʼlim muassasalarida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy yondashuvlarning oʻrni muhim. Ayni jihatdan, Namangan shahridagi Prezident maktabining bir guruh oʻquvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga tashrif buyurdilar.

Dastlab oʻquvchilar sud binosidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisi tomonidan “Qonun va jinoyatchilik” mavzusida amaliy dars mashgʻuloti oʻtib berildi.

Unda sud hokimiyati, qonunchilik normalari, sud jarayonlarining tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqida gapirilib, Prezident maktablari buning yorqin ifodasi ekani eʼtirof etildi.

Sud jarayonlarining qanday tartibda oʻtishi, huquqbuzar va jinoyatchilarga beriladigan jazo turlari, yetuk huquqshunos va sudya boʻlishning sir-asrorlari haqidagi savollarga sud raisi tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Yakunda Namangan viloyati sudi hamda Prezident maktabi oʻrtasida bu kabi hamkorlik tadbirlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi

📆 “Infolib Oʻzbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻquvchilar bilan samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Maktabda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

📝Ma'lumot uchun, shu yilning sentabr oyida mazkur maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreya ta'lim markazi direktori tashrif buyurdi

🔴 Janubiy Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Chu Man Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyat va qulayliklar bilan tanishish barobarida maktabda yo'lga qo'yilgan koreys tili to'garaklari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv so'ngida Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Koreya ta'lim markazi o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator kelishuvlar amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM