Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.17K videos
70 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga viloyat hokimi E.Soliyev boshchiligida Fransiya va Tatariston davlatlari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗣Ular Prezident maktablari taʼlim tizimi, yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquvchilarning erishayotgan xalqaro darajadagi yutuqlari hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Professorning ixtirolari Buyuk Britaniyada patentlashtirildi
#26oct #my5

📍“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.

Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.

Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.

Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.

Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.

Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#ijod_maktabi

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🗺Jumladan, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌲Tadbir davomida maktab atrofiga turli xil manzarali daraxtlar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#CIS

⚡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xodimlari uchun Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

🟢 Dastur davomida vakillar maktab xodimlariga CIS aʼzoligiga oʻtish uchun kerak boʻladigan zarur koʻnikmalar va turli tavsiyalar, muhim ma'lumotlar berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#Prezident_maktabi

⚡️Atrof muhit qanchalik ozoda va go‘zal bo‘lsa u yerda baraka bo‘ladi

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🗺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌱Tadbir davomida maktab atrofiga turli navlardagi gullar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM