Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49.1K subscribers
16.9K photos
2.17K videos
70 files
6.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.

Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.

Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.

Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.

Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.

Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.

Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#jadidlar

⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabida Munavvar qori Abdurashidxonov ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab "Ma'rifatparvar bobolarimiz" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟢 Uchrashuvda Termiz davlat universiteti tarix va falsafa fanlari doktori Nozim Ikromov mehmon sifatida qatnashdi.

Tadbir davomida jadid bobolarimiz timsollari ko'rinishida o'quvchilarning chiqishlari tomosha qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Oʻzbek tili haftaligi" doirasida videorolik tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#prezident_maktabi

⚡️ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34  yilligi  munosabati bilan Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.

Shuningdek, maktabda 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida «Yosh lingvistlar» tanlovi oʻtkazildi. Unda jamoalar 5 ta shart asosida oʻzaro bellashdi. Qiziqarli taqdimotlar, koʻrgazmalar, sahna koʻrinishlar va ijodiy ishlarga boy boʻlgan mazkur tanlov barchaga birday manzur boʻldi. Tanlov yakunida gʻoliblar diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#prezident_maktabi

⚡️ Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'qituvchilari taniqli adiblarning o'zbek tili haqidagi fikrlaridan namunalar o'qib berishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qiziqarli_faktlar

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi 21-oktabr "O'zbek tili" bayrami kuni munosabati bilan tilimiz haqidagi qiziqarli faktlar asosida videorolik tayyorladi.

O‘zbek tili haqida qiziqarli faktlar:

O'zbek tili turkiy tillarning uch tarmog'i - qarluq, qipchoq va o'g'iz lahjalarini birlashtirgan;
Dunyo bo'ylab 70 ga yaqin universitetda o'zbek tili va adabiyoti o'qitiladi;
Hozirda biz gaplashayotgan o'zbek tili XX asrda shakllana boshlangan;
Butun rivojlanish tarixi davomida o’zbek tilida uch xil yozuv mavjud edi;
Hozirgi o'zbek tilida jami 29 ta harflar bor;
So'zlashuvchilar ko'pligi bo'yicha qardosh tillar orasida 2-o'rinda turadi;
Bu til jahonning eng yirik 50 tilidan biri hisoblanadi;
O'zbek tilida 50 millionga yaqin kishi so'zlashadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda  “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentligimiz tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali o'zbek tili fani o'qituvchisi Sumbulоу Saidova faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o'tkazildi


🗓 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari ishtirokida bo'ldi.

📌 Maktabimiz o'quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o'tkazishib, so'ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.

🔰 Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova ochib berdi.

📚 So'ngra maktab direktori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.

🎼 Tadbir so'ngida kuylangan “Go'zal, Turkiston” qo'shig'i barchaning dilida g'urur, ona tiliga bo'lgan muhabbatning ramziy ko'rinishi bo'ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube