Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.8K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.46K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ijod_maktabi

⚡️ O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning farzandi Xurshid Vohidov Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, Ahmadjon Meliboyev qalamiga mansub yangi nashr etilgan “Erkin Vohidovning imzosi” nomli kitobni ijod maktabi o'quvchilariga sovg'a qildi.

🟢 Uchrashuv davomida maktabimizda o‘quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, IT to‘garaklari, ijodiy izlanishlar, yoshlarimizning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi loyihalari haqida suhbat bo'lib o'tdi.

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan,

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 3 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 8-8.5 ballni, xalqaro SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo‘lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining 23 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo‘lga kiritdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 19 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni, 7 nafar o‘quvchi xalqaro SAT imtihonidan 1400-1470 ballni qo‘lga kiritdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballni qo‘lga kiritdi.

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

✔️ Kompyuter taʼlimi fani oʻqituvchisi
✔️ Ingliz tili
fani oʻqituvchisi

Talablar:
🔹Oliy maʼlumotli pedagog (5 yildan ortiq ish tajribasi, toifa sertifikati);
🔹Ingliz tilini bilish darajasi (milliy, xalqaro) sertifikat;
🔹Oʼz sohasida tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy oʻsish;
🔸Iqtidorli oʻquvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa koʻplab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 29-sentabr kuni soat 00:00ga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi maʼlumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
[email protected]
@Qarshi_PM_job

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, olima, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2019-yilda oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi–2019” tanlovi gʻolibi;
2021-yilda “Shuhrat” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
6 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarga ega boʻlgan;
2 nafar oʻquvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashakkurnoma"sini qoʻlga kiritgan;
1 nafar oʻquvchisi "Shuhrat medali" bilan taqdirlangan;
2020-2021-yillarda oʻquvchisi Dilobar Mahmudova viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
2022-2023-yillarda viloyat fan olimpiadasida oʻquvchilari I, II oʻrinlarni egallashdi.

📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan
:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 6 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni, 3 nafar oʻquvchisi xalqaro SAT sertifikatdan 1410 ballni qoʻlga kiritdi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 3 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7,5 ballni, xalqaro SAT dan 1230 ballni qoʻlga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-8 ballni qoʻlga kiritdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 4 nafar oʻquvchisi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 5 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi,

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 4 nafar o‘quvchisi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 4 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Joriy yilda Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabining 187 nafar bitiruvchilari Xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Milliy ta’lim | Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodovning xalqaro natijalari va kelgusidagi rejalari haqida suhbat.
#madaniyat

Ma'lumot uchun, Sohibjon 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasi bronza medali, 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023) bronza medali, Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasi bronza medali, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bronza medali, Xalqaro Beruniy olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblanadi.

⚡️ Shuningdek, u SAT xalqaro imtihonidan 1520 ballni, IELTS imtihonidan 8,5 ballni qo'lga kiritgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili o‘qituvchisi va maktab maslahatchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa nomzodi, oliy toifali pedagog Shuhratjon Ismoiljonovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

2017-yilda Xalqaro Universitetlar reytingida yuqori o'rinda turuvchi "Wroclaw University"ning magistratura bosqichini tamomlagan;
2023-yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Fidokorligi uchun” faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan;
2020-yildan buyon maktab maslahatchisi (school counselor) hisoblanadi;
20 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar muallifi, 10 dan ortiq maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan;
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
ingliz tilidan Linguaskill C1+ xalqaro sertifikati sohibi;
ingliz tilidan CEFR C1 milliy sertifikati sohibi;
polyak tilidan CEFR B2 xalqaro sertifikati sohibi;
turk tilidan Tomer B2 xalqaro sertifikati sohibi;
20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Namangan Davlat chet tillari institutida ilmiy xodim.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸2021-yil 3 nafar o’quvchilari Koreya, Angliya va Singapur davlatlarining nufuzli oliygohlari talabalari bo’lishdi;
🔸2022-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Arizona Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” stipendiatlari bo’lishdi;
🔸2023-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Missouri Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” jamg'armasi granti sohibi bo'lishdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

🟢 Mazkur 42 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

🗣Ma'lumot uchun, turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan
:

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 84 nafar o‘quvchisi IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatlari sohibi bo'ldi. SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi. Bularning safiga kechagina IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo'lga kiritgan Farangiz Rahmonova ham qo'shildi.

Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega. 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.

Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchilaridan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Kunikecha maktabning 8-sinf o'quvchisi Farhod Ergashev IELTS - Xalqaro ingliz tilini bilish darajasidan 7.0 ballni qo'lga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢Hudud | "Zakovat" intellektual o'yinlarining hududiy bosqichi davom etmoqda.
#my5_tv

🟢Yangi davr | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
#yoshlar_tv

🟢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichidan videorolik.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, tadqiqotchi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Davlatjon Karimovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 ga yaqin xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
Xalqaro va mahalliy gazeta-jurnallarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2021-yilda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan;
2023-yilda “Qorako‘z” (she'rlar to‘plami) kitobi chop etilgan.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

10 dan ortiq oʻquvchilari milliy sertifikatlarga ega;
2 nafar oʻquvchisi 2021-yilda viloyat olimpiadasida 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
Oʻquvchisi Shahnoza Anvarjonova 2022-yilda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan;
O‘quvchilari Durdona Inomjonova va Shahnoza Anvarjonovalar o‘z fanlaridan maksimal ball to‘plab, Prezident granti asosida oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘lgan;
2023-yilda o‘quvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

O‘qituvchilik kasbi kasblar ichida eng ulug‘i va sharaflisidir. Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz - muallimlarning o‘rni juda muhim.

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari yaqinlashib kelayotgan "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan barcha o'z kasbining fidoyi ustozlarini she'riy tarzda tabriklashdi.

📍 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munir Mamedzade “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadega “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdi.

❗️So‘nggi yillarda vazirlik va YUNISEF o‘rtasida qator samarali hamkorlik ishlari olib borildi. Jumladan, o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish, soha infratuzilmasini rivojlantirish, maktablarga yangi o‘qitish metodlarini joriy etish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.

✔️Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish borasida o‘zaro ish rejalari ishlab chiqildi va birgalikdagi hamkorlik loyihalar yo‘lga qo‘yildi.

Vazir Hilola Umarova Munir Mamedzadega ushbu mukofotni topshirar ekan, yurtimizda ta’lim sohasida olib borayotgan mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

⚡️Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan, ushbu ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube