Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.7K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.46K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Хайъат_йиғилиши

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ustuvor masalalarga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tanqidiy ruhda kechdi

2023-2024-o‘quv yilida tizimda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga bevosita to‘xtalib o‘tildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan yig‘ilishda sohada yo‘lga qo‘yilayotgan kamchiliklar ham tilga olindi.

❗️Joylarda maktabgacha ta’limga qamrov darajasini oshirish bo‘yicha ishlar sarhisobi keltirilib, mas’ullarga maktabgacha ta’limga qamrov darajasini oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga qattiq e’tibor berish ta’kidlandi

Fuqarolar murojaatlari tahlil etilib, vazirlikda sentabrning oxiri va oktabr oyi “Dolzarb oylik” etib belgilandi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vazirlik markaziy apparatida Ishchi shtabi tashkil etildi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1268

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#baholash_tizimi

Sirdaryo viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog-xodimlari tomonidan biriktirilgan tajriba-sinov maktablarida prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribasini, jumladan baholash tizimini tatbiq etilishi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

⚡️ Ushbu maktablar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘iga muvofiq tanlab olingan.

🟢 Sirdaryo viloyatidagi 22 ta umumtaʼlim maktablari tajriba-sinov maktablari hisoblanadi.

✔️ Belgilangan 22 ta umumta'lim maktablarining 95 nafar o‘qituvchilari uchun Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fanlar kesimida ochiq darslar tashkil etilib, o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

⚡️UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grant mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

✔️ Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur

⚡️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti vakillari ishtirokida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

⚡️ O‘quv treningda “Star publishing” kompaniyasi prezidenti Steve Seow, kompaniya ijrochi direktori Judy Seow, matematika fani darsligi muallifi Ho Wee Li va Eric Chan Chun Ming hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Singapurning matematika o‘qitish metodikasi tajribasini o‘rganishdan iborat.

"Matematika fani - umumiy o’rta ta’lim maktab uchun asos hisoblanib, bu fanni o’qishda eng zamonaviy sodda, tushunarli usullaridan foydalanish kerak. Tajribamizga ko‘ra, ko‘z bilan ko'rish mumkin bo‘lgan materiallar va o‘quv qurollariga tayangan holda matematik konsepsiyalarni o'rgatish ko‘proq natija beradi", - deydi Singapur matematika fani darsligi muallifi Eric Chan Chun Ming.

🟢 Trening davomida darslarni vizual tarzda tushuntirish, amallarni turli o'quv materiallar yordamida tushunchalar berish bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

✔️ Ma’lumot uchun, Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti bilan bir necha yo‘nalishlarda, xususan, mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etish bo’yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat
#hududiy_bosqich

⚡️Bugun, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🗣Turnir 30 ta savoldan iborat boʻlgan uch bosqichda oʻtkazildi.

Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM