#seminar_trening
#baholash_tizimi
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarining umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishini yagona standartlar asosida baholash tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 14 ta hudud fan metodistlari uchun amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
✅ Seminardan ko‘zlangan maqsad, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘i asosida, 500 ta umumta'lim maktablarida baholash tizimining maqsadlari, joriy etish yo‘llari va baholash usullari haqida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ma'lumotlar berishdir.
🟢 Seminarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Dilshoda Norboyeva, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, markaz direktor o‘rinbosari Iroda Saibova tomonidan keng tushunchalar berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#baholash_tizimi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Prezident maktablari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun "tayanch maktab" etib belgilanyapti
#12sep #kun_uz
❗️Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.
🗣 Batafsil: https://kun.uz/09233048

#SAT
#prezident_maktabi
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Qarshiyeva Laylo SAT imtihonida 1480 ballni qo‘lga kiritdi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, iqtidorli o'quvchimiz xalqaro IELTS imtihonidan ham yuqori natijani qo‘lga kiritgan edi.
💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.
Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;
➖ Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖ banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;
❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.
➖ Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.
👉 Batafsil

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati
#12sep #uzbekiston24
⏰ Xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida yangi va zamonaviy tarzdagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirilgan edi.
✅ Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi 336 o‘rinli 3 qavatli bo'lib, fizika, kimyo, biologiya laboratoriya, robototexnika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bugungi kunda maktabda 41 nafar pedagog xodimlar 306 nafar o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
❗️ Ta'kidlash lozim, 2022-2023-o’quv yili yakuniga ko’ra, maktab bitiruvchilari oliygohga kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maxsus reportaj | Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati
#12sep #uzbekiston24
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#water_time
📣 “WATER TIME” DASTURI SAMARQAND SHAHRIDA!
✅ Ichimlik suviga bo‘lgan munosabatni yoshlikdan munosib shakllantirish davr talabidir. Ana shu maqsadda “Water time” dasturi ijodkorlari Samarqand shahrida bo‘lib, Prezident maktabi o‘quvchilari bilan ichimlik suvi va uni asrab-avaylash mavzusida fikr almashishdi.
⏰ Unda butun dunyo hamda Oʼzbekistondagi ichimlik suvi muammolari va yechimlari borasida fikr-mulohazalar zukko o‘quvchilar talqinida o‘z ifodasini topdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#water_time
📣 “WATER TIME” DASTURI SAMARQAND SHAHRIDA!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi
🟢 Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.
✅ Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.
⏰ Kunning ikkinchi qismida, oʻquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar, jangovar harbiy chiqishlar, oʻquv mashgʻulotlarida qoʻllaniluvchi usullar namoyish etildi.
🗣 Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirib, kelajakda vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi shaxslar boʻlib ulgʻayishida beqiyos oʻrin egallaydi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda
⚡️ AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI
📝 NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
➖ oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
➖ zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
✅ NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
➖ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
➖ Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.
🗂 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
➖ shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).
📭 Hujjatlarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.
📆 HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.
☎️ Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 273)
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
"Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
FEE vakillari tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra ekologiya sohasidagi nufuzli xalqaro mukofotga O‘zbekistonning 2 ta maktabi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va marosimga mezbonlik qilgan Toshkent shahri 81-sonli maktabi munosib topildi.
Taqdirlash marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi, Yevropa Ittifoqi, BMT va uning tarkibiy tuzilmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari ishtirok etdi.
Ziroat Mirziyoyeva eko-maktablar o‘quvchilarini Barqaror rivojlanish ramzi — Yashil bayroqni qo‘lga kiritgani bilan samimiy qutladi hamda "Mamlakatimiz bir. Sayyoramiz bir. Vazifamiz bitta — uni asrab-avaylash. Barchamiz bir bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Bugungi faolligingizni ko‘rib, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga ishonaman", deb ta’kidladi.
Maktab hududida Toshkentdagi "Eco-schools Uzbekistan" loyihasida ishtirok etayotgan barcha maktablar tomonidan tayyorlangan kichik eko-ta‘lim festivali tashkil etildi. Barcha xohlovchilar efir moylari va qiyom tayyorlanishi, chiqindini saralash, energiyani tejash va suvdan oqilona foydalanishga mo‘ljallangan uskunalar yaratilishini kuzatish, issiqxonaga kirib ko‘rish, tuproqni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya jarayoni, bolalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan tuproqni boyituvchi va sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi biogumus bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Zamin | Facebook | Instagram