Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#prezident_maktabi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga viloyat hokimi E.Soliyev hamda Xitoy Xalq Respublikasining taʼlim masalalari boʻyicha delegatsiyasi tashrif buyurdi.

⚡️Ular Prezident maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim tizimi hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals

⚡️ Xabar berganimizdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi 8-sentabr kuniga qadar davom etadi.

Mazkur konferensiya doirasida bugun, 7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ishtirokida “Kimyo sohasidagi innovatsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

🟢 Seminar Buyuk Britaniyaning University College London oliy o‘quv yurti kimyo fanlari doktori, professor Mark-Olivyer Koppens tomonidan o'tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Assalom, O'zbekiston! | Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari, erishilgan natijalar
#uzbekiston_tv

✔️ Xabar berganimizdek, Agentligimiz tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-2024-o‘quv yilini yangi o‘quv binosida boshladi.

Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan hamda 672 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabda o‘quvchilarga 65 nafar pedagog tahsil berib kelishmoqda. Yangi binoda 55 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, fizika, kimyo, biologiya fanlariga mo‘ljallangan laboratoriyalar zamonaviy tarzda jihozlangan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 37 nafar bitiruvchi tamomladi.

Xalqaro til bilish sertifikatlarini 28 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritgan bo‘lib, ularning 24 nafarini bitiruvchilar tashkil etadi.

❗️Ijod maktabining 11 nafar 10-11-sinf o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

🟢 Joriy yilda ijod maktabi o‘quvchilari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada, “Kitob - kamolot kaliti” nomli xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida, Ozarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilgan “Yosh Qutqaruvchilar” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etdilar.

Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals

Markaziy Osiyoda ilk marotaba O‘zbekistonda tashkil etilganDiffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi yakunlandi!

⚡️ Konferensiya yakunida xorijlik olimlar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM