Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.1K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami arafasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda gibrid shaklda yillik inklyuziv IT-oromgoh o‘tkazildi.

Tadbirlarga boy bo‘lgan hafda butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 195 nafar o‘quvchi uchun juda tez o‘tib ketdi. Bolalar dizayn, media, robototexnika bo‘yicha yangi dasturlarni o‘zlashtirdilar. Yana 3000 nafardan ziyod o‘quvchi mashg‘ulotlarda onlayn qatnashdi.

Ayniqsa, ekologik IT-loyihalar o‘ziga xos va rang-barang bo‘ldi: bolalar guruhlarga bo‘linib, o‘z qo‘llari bilan quyosh batareyalaridan energiya oluvchi shamol generatori, kichik gidroelektr stansiyasi va mashinacha yasashdi.

Yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etib, bolalar bilan samimiy suhbatlashdi. Ular orasida 102-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining robototexnika bo‘yicha g‘olib jamoasidan Madina Yunusova va Isroil Maksumov ham bor.

Tabriklarga qo‘shilamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun

Aziz yurtdoshlar!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

📍Agentligimiz tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Ochiq eshiklar kunida yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda boshqa tashrif buyurgan mehmonlarga maktab pedagog xodimlari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek, Prezident maktablarining kun tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari

📍Agentligimiz tizimidagi Farg'ona shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

📍Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

💫
Ta’kidlash lozim, joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 XUSHXABAR

Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi – Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza!

📌 To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.

✔️ G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Dilyorbek Valijonov – Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev – Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz,
O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yilda
eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM