Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Oybek Davlatov 11 ta xorijiy universitet talabasi bo‘ldi.

Jumladan:

🔹Temple University
🔹 Arizona State University
🔹 University of Arizona
🔹 Stony Brook University
🔹 Iowa State University
🔹 Illinois Institute of Technology
🔹 Lancaster University in Leipzig
🔹 University of Cincinnati
🔹 University of Massachusetts Boston
🔹 New Uzbekistan University (UZB) kabi oliy ta'lim muassasalarining talabasi bo‘ldi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Guliston shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

✔️ Kimyo fani o‘qituvchisi
✔️ Matematika fani o‘qituvchisi
 
 
Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu manzilga jo‘nating:
@navoiypmuz_bot

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+998913359199

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika
#ijod_maktablari

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI 9 TA IJOD MAKTABIGA 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN KELIB TUSHGAN ARIZALAR TO‘G‘RISIDA INFOGRAFIKA

Ijod maktablariga kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan uch bosqichda o‘tkazildi:

ijodiy matn yaratish;
ijodiy suhbat;
test.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni 66 nafar o‘quvchi bitirdi.

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida maktab o‘quvchilari Azizbek Nazarov – oltin hamda Shahzoda Hakimova – bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Shvetsariya davlatida o‘tkazilgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin va Shahzoda Hakimova – kumush medallari sohibi bo‘lishdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin, Shahzoda Hakimova – oltin, Biloliddin Zuhriddinov – kumush, Axrorbek Baxodirov – kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

✔️ Mintaqaviy va mahalliy fan olimpiadalarida esa maktab o‘quvchilaridan 10 nafari 1-o‘rinni, 4 nafari 2-o‘rinni, 8 nafari 3-o‘rinni egalladi:

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada maktab o‘quvchilarining 5 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi.
Al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 1 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi.
Vazirlikning asosiy fan olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 4 nafari 1-o‘rinni, 2 nafari 2-o‘rinni, 4 nafari 3-o‘rinni egalladi.

🏛 Maktabning 36 nafar bitiruvchisi 103 ta xalqaro universitetlarga o‘qishga qabul qilingan.

❗️Maktabning 24 nafar bitiruvchisi esa, 26 ta mahalliy OTMlarga o‘qishga qabul qilingan.

💫 Bitiruvchilardan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Andijon shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sirdaryo_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ AGENTLIK DIREKTORI SIRDARYO VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

🗺 Bugun, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Xudaykulov Sirdaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Sirdaryo viloyatida 10 ta obyekt shundan, Guliston shahrida 2 ta, Guliston tumanida 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Shirin, Yangiyer shaharlarida, Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Mirzaobod tumanlarida 7 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 7 ta obyektda yakunlangan, 2 tasida (Boyovut va Oqoltin tumanlari) davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-18-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 15- avgust kuni Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahridagi pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Seminarlar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashadilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM